Buyuk Britaniyadagi Manchester universiteti paleontologlari dinozavrlarni ularning suyaklarida topilgan oqsil qoldiqlaridan tiriltirib bo‘lmasligi haqidagi xulosaga keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Olimlar chindan ham ushbu organik modda dinozavrga tegishli ekanligini aniqlash uchun tirannozavr qoldiqlaridagi kollagen izlarini tahlil qildi. Tadqiqot natijalari mazkur “qazilma” modda tuyaqushlar suyagidan olingan kollagenga muvofiq kelishini ko‘rsatdi.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, dinozavrlar suyaklarida o‘ta qadimiy biologik molekulalar mavjud emasligi ularni biotexnologik uslublar yordamida qayta yaratishga imkon bermaydi.