“Buxoro” xalqaro aeroporti “Aeroport” uyushmasining “MDH mamlakatlaridagi yilning eng yaxshi aeroporti” nufuzli tanlovida “Aeroportni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi” yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi, deb yozadi UzDaily.

Foto: UzDaily

“Buxoro” xalqaro aeroportiga diplom va kubok Moskvada bo‘lib o‘tgan marosim chog‘ida topshirildi.

Nashr eslatishicha, avvalroq ham “Buxoro” xalqaro aeroporti fuqarolik aviatsiyasining “Aeroport” uyushmasi tomonidan bir nechta sovrinlar bilan mukofotlangan edi.

Bugungi kunda Buxoro shahridagi aeroport to‘rt marta “MDH mamlakatlarining eng yaxshi aeroporti”, uch karra “Shiddat bilan rivojlanayotgan aeroport” va ikki karra “Istiqbolli rivojlanayotgan aeroport” sifatida qayd etilgan.