Yoz — nafaqat ta’til uchun, balki ta’mirlash ishlari uchun ham eng yaxshi vaqt. Yangilangan xonadonni yangicha jihozlashni ham istaysiz, va shu payt siz mebelni do‘kondan sotib olish yoki uyingiz uchun maxsus yasatish borasida o‘z tanlovingizni amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi.

Do‘konda sotiladigan mebel

Agar sizda mebel qidirish uchun yetarlicha vaqt bo‘lsa va sizga tejamkorlik muhim bo‘lsa, u holda do‘konda sotiladigan divan va kreslolar — sizga mos variant. Ammo shuni tushunish muhimki, eng arzon variant doim ham eng yaxshisi bo‘lmaydi. Tejamkorlikning teskari tomoni — yomon sifat, va agar siz tez orada yana hamyoningizni bo‘shatishni istamasangiz, xarid chog‘ida detallarning mahkamlanishiga, yog‘ochga qanday ishlov berilganiga, furnituraning pishiqligi va chidamliligiga e’tibor bering. Shuningdek, o‘lchamlarga ham bee’tibor bo‘lmang: ba’zan bir santimetrlik farq hal qiluvchi bo‘lishi mumkin.

Buyurtma qilinadigan mebel

Nostandart o‘lchamlardagi mebellarni eng yaxshisi, buyurtma orqali yasattirgan ma’qul. Xuddi shuni o‘z didiga qarab uyini noodatiy, eksklyuziv mebel bilan yasatmoqchi bo‘lganlarga ham maslahat berish mumkin.

Bunday garnitur interyerga a’lo darajada mos tushadi hamda mavjud jihozlar uslubi va rangi bilan mukammal tarzda uyg‘unlashadi. Tayyor mahsulotlar orasida esa sizga mos keluvchi parametrlarga ega buyumlar uchramasligi ham mumkin.

Qayerda buyurtma qilish mumkin?

O‘zbekistonda har qanday turdagi mebellarni tayyorlash bo‘yicha yetakchilardan biri Vivat Mebel kompaniyasi hisoblanadi. Mana olti yildirki, ishlab chiqaruvchilar uylar, mehmonxonalar va restoranlarni juda yuqori sifatli garniturlar bilan jihozlab kelmoqda. Kompaniya istalgan konfiguratsiya va murakkablikdagi korpusli mebel, yumshoq mebel, eshiklar, devor panellari, plintuslar, zinalar, shuningdek, badiiy qoplamali buyumlar, metall konstruksiyalari, darvozalar, panjaralar va boshqalarni yasash bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi.

Toshkentning Sirg‘ali dahasida joylashgan fabrikada faqat eng yaxshi materiallar: yog‘ochning o‘ta mustahkam turlari (yong‘oq, shumtol, eman), Avstriya va Turkiya furniturasi, ham laminatlangan, ham shpon qilingan MDF, Koreya va Xitoyda ishlab chiqarilgan sun’iy akril tosh, shuningdek, kvarsli aglomerat hamda tabiiy marmar va granit buyumlar, poytaxtdagi eng yaxshi vitraj ustaxonalarining shishalaridan foydalaniladi. Mebelni qoplashda yuqori zichlikka ega Rossiya poroloni va Turkiya matosi qo‘llaniladi. Bo‘yashda esa faqat Italiya va Turkiya lak-bo‘yoq materiallari ishlatiladi.

Aynan shu tufayli Vivat Mebel mahsulotlari nafaqat nafis va zamonaviy ko‘rinishga ega, balki Yevropa sifat standartlariga ham mos keladi.

O‘lchamlar va 3D-dizayn — bepul

Kompaniyaning ustun jihati shundaki, o‘lchamlar va 3D-dizaynni yaratish mutlaqo bepul tarzda amalga oshiriladi. Bu shuni bildiradiki, kompaniya mutaxassislari sizning turar-joyingizni o‘lchab ko‘radi va barcha xohish-istaklaringizga mos tushuvchi individual eskizni yaratadi. Va hatto siz fikringizni o‘zgartirsangiz ham, bu sizga hech qanday majburiyatni yuklamaydi.

Kafolatli xizmat ko‘rsatish

Vivat Mebel’ning barcha mahsulotlari uchun bir yillik kafolat amal qiladi, agar sinish ishlab chiqaruvchining aybi bilan yuz bergan bo‘lsa, u bepul tuzatib beriladi. Ammo sizda muammolar yuzaga kelgan taqdirda, hatto kafolat muddati o‘tgan bo‘lsa ham, siz kompaniya ustalariga tayanishingiz mumkin — divan, kreslo yoki garniturni boshlang‘ich holatiga qaytarishadi, va siz ishlatilgan materiallarning tannarxidan tashqari, boshqa narsa uchun to‘lashingiz kerak bo‘lmaydi.

Buyurtmaga bonus tariqasida, mebel bepul yetkazilib, terib va o‘rnatib beriladi.

Tayyor mebellarning fotosuratlari, narxlari, aksiyalar va fikrlar bilan siz kompaniyaning Facebook’dagi sahifasida, shuningdek, saytida va Instagram’da tanishishingiz mumkin.

Siz, shuningdek, Vivat Mebel’ning quyidagi manzilda joylashgan fabrikasiga tashrif buyurib, xomashyoning mebel san’ati namunalariga aylanishidek sehrli jarayonga guvoh bo‘lishingiz mumkin: Sirg‘ali-7, Mirzo Tursunzoda ko‘chasi, 34-bino.

O‘z orzungizdagi mebelni hoziroq buyurtma qiling!

Buyurtma qilish uchun telefon: 200-87-78

Reklama huquqi asosida