Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ning professori hamda Kompyuter fanlari va muhandislik departamentining rahbari  doktor Abdul Rahim Nosir Marquis Noshirlik uyi (AQSh)ning xalqaro mukofotiga sazovar bo‘ldi. Bu haqda universitet rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Inha.uz”

Doktor Abdul Rahim Nosir Albert Nelson Markuisning mukofotiga hayotda erishgan yutuqlari uchun (2017 Albert Nelson Marquis Lifetime Achievement Award) sazovor bo‘ldi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti professori mazkur mukofotga “hayotda erishgan yutuqlari, mehnatsevarligi, o‘z kasbiga sadoqati va so‘nggi 32 yil davomida muhandislik ta’limi sohasiga qo‘shgan hissasi uchun” loyiq deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, Doktor Abdul Rahim Nosir turli xalqaro mukofotlar sovrindori hisoblanadi. 2017-yilning fevral oyida u xalqaro Great Achievers Award for excellence in engineering education (Muhandislik ta’limi sohasidagi ulkan natijalari uchun) mukofotiga sazovar bo‘ldi.

2017-yilning aprelida professor ketma-ket beshinchi marotaba Marquis Who’s Who in the World (“Markuis Kim aslida kim”) nashri sahifalaridan o‘rin oldi.