AQShning Massachusets shtatida olimlar birinchi marta kiborg ninachining harakatlanuvchi modelini namoyish qildi, deb yozadi “Nauka TV”. DragonflEye qurilmasi Charlz Stark Dreyper laboratoriyasida ishlab chiqilgan bo‘lib, yorug‘lik yordamida boshqariladi.

Foto: Charlz Stark Dreyper laboratoriyasi

Odatda hasharotlarni boshqarishda ularning muskullariga ulanadigan elektrodlardan foydalaniladi, ammo og‘irlikni kamaytirish va haqiqiy parvozni amalga oshirish uchun olimlar neyronlarning genetik modifikatsiyasini qo‘lladi. Yorug‘likka ta’sirchan oqsil hasharotning parvozini optik sensorlar ajratib chiqaradigan impulslar orqali yo‘naltirish imkonini beradi. Yorug‘lik ninachining orqasiga joylashtirilgan quyosh batareyasiga qaratiladi.

Tadqiqotchilar qurilma ergonomikasini va funksionalini ishlab chiqishda davom etmoqda. Kelajakda ular kiborg hasharotlar parvozini to‘liq boshqarishga umid qilmoqda. Ular josuslikdan tortib, o‘simliklarni changlantirishgacha bo‘lgan turli vazifalarni bajara oladi.