Bioquark kompaniyasi o‘q hujayralar yordamida marhum insonlar miyasini tiklash ustidagi tajribalarga kirishishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda STAT portali manbalariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: STAT

Kompaniya bu yil o‘tkaziladigan tajribalar uchun 20 kishining jasadidan foydalanadi. Avvaliga ularga o‘q hujayralari inyeksiyasi yuboriladi. So‘ng olimlar maxsus oqsil aralashmasini to‘g‘ridan to‘g‘ri orqa miyaga yuboradi — bu yangi neyronlar o‘sishiga olib kelishi kerak.

Keyinchalik tadqiqotchilar 15 kun davomida lazer terapiyasi o‘tkazadi va bu tufayli neyronlar aloqa bog‘lashi lozim.

Olimlar bu vaqt mobaynida miyada nimalar ro‘y berayotganini kuzatib boradi va har qanday o‘zgarishlarni qayd etadi.