Xitoy arxeologlari Chendu shahrida XIII asrga mansub buddaviylik ibodatxonasini topdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Foto: “Sinxua”

Fugan ibodatxonasi Sharqiy Szin (317—420-yillar) va Janubiy Sun (1127—1297-yillar) sulolalari davrida mahalliy aholi diniy va madaniy hayotida muhim o‘rin tutgan.

Ibodatxona nomi tarjimada “fotiha olish” ma’nosini beradi. O‘sha davrlarning mashhur shoirlar unga o‘z asarlarini bag‘ishlagan. Biroq milodiy ikki minginchi yil boshlarida ibodatxona inqirozga yuz tutdi va asta-sekin vayronaga aylandi, uning qoldiqlari esa tuproq ostida qoldi.

Oxirgi oylarda o‘tkazilgan qazishmalar davomida arxeologlar ibodatxona poydevori, devor qismlari, quduqlar, yo‘llar va zovurlarni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, mingta buddaviy matnlar tushirilgan tosh lavha, 500 ta atrofidagi haykal, 80 ga yaqin qabr topildi.