Amerikalik olimlar sut bezi saratonining eng tajovuzkor shaklini yengishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti”. Davolash chog‘ida bemorning immunitetini kuchaytiruvchi antijismlardan foydalanildi.

Foto: “Vesti.ru”

“Dori biz davolayotgan ayollarning hammasiga emas, ba’zilarigagina ta’sir qildi, ammo bu holatlarning barchasida u saratonni barataraf qilish vazifasini yaxshi epladi va uning ta’siri uzoq vaqt davomida barqaror bo‘lib turdi”, — dedi Nyu-York universiteti olimi Silviya Adams.

Chikagodagi Amerika klinik onkologiya jamiyati konferensiyasida tadqiqot natijalari e’lon qilindi. Birinchi sinov guruhidagi ayollarning 5 foizida, ikkinchi guruhdagi ayollarning 23 foizida shish hajmini 30 foizga kamaytirishga, ayollarning tegishli ravishda 21 va 17 foizida esa metastazning rivojlanishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lishdi.

Immunoterapiya usuli shundan iboratki, shifokorlar antijismlardan bemor immunitetini zararlangan hujayralarga qarshi “qayrash” uchun foydalanadi. Sog‘lom hujayralar oqsillarning xatarli hujayralar yuzasida  ishlashiga yo‘l qo‘ymaydi, va shu tariqa ularning tajovuzkorligini cheklaydi.