Shri-Lankaning Akuressa shahri fuqarolari 4,5 metrdan uzunroq bo‘lgan timsohni bog‘lab, mahalliy yovvoyi tabiatni qo‘riqlash departamentiga topshirdi. Voqea videosi 5-iyun kuni Hiru News yangiliklar portalining YouTube’dagi kanaliga joylashtirildi.

Rolik ikki kun ichida 24 ming martadan ortiq tomosha qilindi.

Hiru News’ning ta’kidlashicha, yirtiqchni mahalliy qishloq aholisi ko‘rib qolgan va qishloqdoshlariga bu haqda xabar bergan. Timsohni qabul qilib olgan department vakillari uni tabiiy yashash sharoitiga qo‘yib yuborishlari kerak.