Avstraliyada politsiya iti odamlarga nisbatan haddan ortiq muhabbati sabab xizmatdan bo‘shatildi. Bu haqda The Daily Telegraph’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: The Daily Telegraph

Bir necha oy oldin Kvinslend shtatida Gavel laqabli ovcharka xizmatga qabul qilingan edi. Biroq mashg‘ulot dasturlari tugagach, it juda ham ijtimoiylashib ketgani ma’lum bo‘ldi. Gavel notanish shaxslar bilan o‘ynashni yaxshi ko‘rgan va ularni hibsga olishni istamagan.

Politsiyadan ishdan bo‘shagan Gavel itlar vitse-qiroli lavozimiga tayinlandi. U endilikda Kvinslend shtatining hukumat uyiga tashrif buyuruvchilarni kutib oladi hamda gubernator Pol de Jersi bilan birgalikda tadbirlarda ishtirok etadi.