Hindistonda echki fermer g‘isht sotib olish uchun tayyorlab qo‘ygan pullarni yeb qo‘ydi. Bu haqda Hindustan Times xabar bermoqda.

Foto: Hindustan Times

Hodisa Uttar-Pradesh shtatidagi Siluapur qishlog‘ida ro‘y berdi. Fermer Sarvesh Kumar Pal vannaxonaga kirib ketib, eshik ortida cho‘ntagida 66 ming rupiy (1025 dollar atrofida) bo‘lgan shimini qoldirgandi. U yuvingunga qadar kiyimlarini och echki topib oldi.

Sarvesh vannaxonadan chiqqanda jonivor har biri 2 ming ming rupiydan bo‘lgan 29 ta kupyurani yo‘q qilib ulgurgandi. Atigi 2 ta kupyura omon qolgan, biroq ular ham deyarli yaroqsiz holga kelgandi.

Shu tariqa echki o‘z egasiga 62 ming rupiy (960 dollar atrofida) miqdorida zarar yetkazdi.