Ananasli pitssa (Gavayi pitssasi) muallifi hisoblangan kanadalik oshpaz va ishbilarmon Sem Panopulos Kanadaning Ontario provinsiyasi London shahridagi kasalxonada vafot etdi. Meduza’ning xabar berishicha, u 83 yoshda edi.

Foto: Twitter / @KiSS925

Sem Panopulos 1934-yili Gretsiyada tug‘ilgan. 20 yoshida Kanadaga ko‘chib o‘tgan. 2015-yili bergan intervyusida, Kanadaga ketayotgan kema Neapolda to‘xtagan vaqtida, pitssani sevib qolganini aytib o‘tgan edi; o‘sha vaqtlarda Kanadada pitssa hali ommalashmagan edi.

Panopulos aka-ukalari bilan birga restoran biznesida band bo‘lgan. U pitssaga masalliq qo‘shish bo‘yicha turli tajribalar o‘tkazgan va 1962-yili ananas, dudlangan cho‘chqa go‘shti va bekon qo‘shilgan pitssani o‘ylab topgan, deb hisoblaniladi; taom mahalliy xo‘randalarning sevimli yeguligiga aylanib, oxir-oqibat butun dunyoga tarqalib ketgan.

2017-yili fevralida Islandiya prezidenti Gvyudni Youxannesson pitssaga ananas qo‘shishga qarshi chiqib, agar imkoniyati bo‘lganida, bunday amaliyotni taqiqlashinini aytgan edi. O‘shanda Panopulos siyosiy arbobning e’tirozi tushunarsizligi, ananas taomga yangilatuvchi ta’m berishini qayd etgan edi.