“Islom.uz” mushtariylaridan birining yana bir savoliga javob berdi.

Foto: “Zamonaviy.com”

“Inson Ollohga bergan va’dasida tura olmay, va’dani buzib qo‘ysa, 3 kun ro‘za tutishi kerak yoki miskinni 1 kun oqatlantirishi kerak, shundaymi?” — deyiladi savolda.

Nashr ma’muriyati unga quyidagicha javob qildi: “Avval 10 ta miskinni taomlantirish kerak, agar unga qodir bo‘lmasa, ro‘za tutiladi”.

Shuningdek, ushbu mushtariyning “Bilamizki, ro‘za tugagandan keyin 6 kun yana ro‘za tutsa 1 yil tutgan savobini oladi. Shu 6 kunlik ro‘zada o‘sha va’daning ro‘zasini deb niyat qilsa ham bo‘ladimi?” savoliga “Bo‘lmaydi”, — deya javob berdi.