Fomalhaut guruhi Oltinchi eng yaxshi koreyscha qo‘shiq ijrosi tanlovi Gran-prisini qo‘lga kiritdi, deb yozadi UzDaily.

Foto: UzDaily

Tanlov Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etildi. Uni 950 dan ortiq tomoshabin kuzatib bordi.

Ta’kidlash joizki, tanlovning 13-may kuni bo‘lib o‘tgan saralash bosqichida 200 ijrochidan iborat 91 ta jamoa ishtirok etdi. Ulardan 57 nafar ijrochidan iborat 12 ta guruh finalda ishtirok etish uchun tanlab olindi.

Jyuri qarori bilan “Ayol prezident” (Female President) qo‘shig‘ini ijro etgan ikki ishtirokchi Xo‘jaboyeva Nigina va Yoqubova Mohlaroyimdan iborat Fomalhaut guruhi Gran-prini qo‘lga kiritdi.

Birinchi o‘rinni turli millatdagi to‘qqiz nafar ijrochidan iborat “Alladin” guruhi egalladi. Ular Koreyaning mashhur TINY-G guruhi ijrosidagi “Minimanimo” qo‘shig‘ini ijro etdi.

Qolgan barcha jamoalar diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.