Puerto-Riko aholisi referendumda AQSh tarkibiga 51-shtat sifatida kirishni yoqlab ovoz berish orqali, orolning yangi siyosiy maqomini belgilab berdi, deb yozadi “RIA Novosti” ovoz berish yakunlariga tayanib.

Foto: Reuters

Referendum natijasi kongress qarori bilan yuridik jihatdan tasdiqlanishi kerak. AQSh adliya vazirligi ovoz berish o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlamagan edi.

Referendumda Puerto-rikoliklarga orolning yangi siyosiy maqomini tanlash taklif qilindi va ularga variant tariqasida AQSh shtati, erkin qo‘shilgan hudud maqomi yoki “inkorporatsiya qilinmagan tashkiliy hudud” (orolning hozirgi maqomi) maqomi berildi.

Referendum natijalariga ko‘ra, ovoz berganlarning 97 foizdan ortig‘i AQShga qo‘shilishni yoqlab ovoz berdi, 1,5 foizi erkin qo‘shilgan hudud maqomini yoqlab chiqdi va atigi 1,32 foizigina amaldagi maqomni saqlab qolish tarafdori bo‘ldi. Ovoz berishda saylovchilarning 23 foizigina qatnashdi.