“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi 2017-yilning 1-iyulidan boshlab, litsenziyaga ega xonandalar uchun bir qator yangiliklarni joriy etmoqda, deb xabar berdi “Darakchi.uz”.

Foto: “Darakchi.uz”

Xususan, avval joriy etilgan tizim ya’ni litsenziatlarning bir yillik majburiy davlat boji bekor qilinib, endilikda litsenziya uchun to‘lanadigan davlat boji kamida 3 oylik bo‘ldi.

Bu bilan mavsumiy qulaylik yaratilib, bir yillik litsenziyalarni mavsum bilan bog‘liq ayrim xollarda vaqtincha to‘xtatib turishdek noqulayliklarni bartaraf etadi va yosh xonandalar uchun moliyaviy qulaylik yaratiladi.