AQShning Ostin shahridagi Texas universiteti olimlari smartfonlardagi yangi xavfni aniqladi, uni hatto qurilmani o‘chirish orqali ham bartaraf etib bo‘lmaydi. Tegishli tadqiqot Journal of the Association for Consumer Research jurnalida nashr qilindi.

Foto: Global Look Press

Mutaxassislar taxmin qilishicha, smartfonning borligi odamni chalg‘itadi, oqibatda uning kognitiv qobiliyatlari pasayishiga, avvalo, tezkorlik bilan dilda hisoblash imkoniyati pasayishiga olib keladi. Bunday kuzatishlar hatto gadjet o‘chirilgan holatda ham o‘z kuchini saqlab qoladi.

Mualliflar u yoki bu usulda o‘z smartfonlaridan foydalanish imkoniyati cheklab qo‘yilgan turli odamlarning kognitiv qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazgach, shunday xulosalarga kelgan. Eng yaxshi natijalarni gadjetlari boshqa xonada bo‘lgan eksperiment ishtirokchilari ko‘rsatdi.

Kuzatilgan qonuniylik sababi sifatida mutaxassislar shunday fikr bildirmoqdaki, kishining aqliy kuchining bir qismi smartfonni kuzatishga ajratiladi. Eksperiment ishtirokchisini gadjet umuman chalg‘itmagan holatda (smartfon u bo‘lgan xonada  bo‘lmagan) odam telefonni kuzatishga umuman kuch sarflamagan va berilgan vazifalarga boshqalarga nisbatan yaxshiroq e’tibor qarata olgan.