Insonning Yerda yashashi uchun suvning ahamiyati beqiyos. Biroq biz bilgan oddiy suv boshqa suyuqliklar kabi ko‘plab g‘aroyib va sirli xususiyatlarga ega, deb yozadi “Nauka”.

Foto: “Nauka”

Masalan: qaynash harorati, zichligi, issiqlik sig‘imi, umuman olganda 70 dan ortiq xususiyati bor bo‘lib, bu xususiyatlar uni boshqa suyuqliklardan ajratib turadi. Bu xususiyatlar hayotning paydo bo‘lishida asos bo‘lib xizmat qiladi.

Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, vodorod oksidi o‘zaro konvertatsiya vaqtida ikkita suyuq shaklda bo‘la oladi. Molekulalari betartib joylashgan amorf muz yuqori va quyi zichlik holatida bo‘lishi mumkin. Ushbu gipotezani tekshirish juda muammoli hisoblangan va buni endigina stokgolmlik olimlar amalga oshira oldi.

Suvning xususiyatlari Chikago yaqinidagi Argonn milliy laboratoriyasida rentgen nurlaridan foydalangan holda, shuningdek, Gamburgdagi DESY katta rentgen laboratoriyasida aniqlandi.

Germaniya, Shvetsiya va Avstriyadan bo‘lgan olimlar tez sovutish vaqtida suv namunasining transformatsiyasini kuzatish va amorf muzning ikkita shaklini paydo bo‘lishini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Biz muzni tartibli kristall faza deya tasavvur qilamiz, biroq Yerda keng tarqalgan faza tartibsiz amorfdir.

Masalan, -163 daraja Selsiyda zich atmosfera muzi zich suyuqlikka aylanishi aniqlandi, isitish yana davom ettirilsa suv boshqa shaklga — yanada zich bo‘lib qoladi. Biroq -143 daraja Selsiyda o‘tish pasayadi.

Fiziklar yordamida olingan natijalar suv xona haroratida yopishqoqligi va zichligi bo‘yicha turli bo‘lgan ikkita shaklga ega degan farazni bilvosita tasdiqlaydi.