Mikroignali plastirlar bilan o‘tkazilgan klinik sinovlar ularning samaradorligini isbotladi. Plastirlar bemorlarga grippga qarshi emlashni og‘riqsiz olishga imkon beradi. Ishlab chiqaruvchilarning ma’lum qilishicha, odatiy shpritslarga qaraganda bunday plastirlardan foydalanish, ularni olib yurish va saqlash osonroq, deb yozadi “Nauka”.

Foto: “Nauka”

Gap kichkina yopishqoq bog‘lamalar va mitti plastik ignalar haqida ketmoqda. Ular oddiy leykoplastirlar kabi teriga joylashadi, ignalar esa qisqa vaqt ichida erib, vaksinaning qon aylanish tizimiga tushishini ta’minlaydi.

Mutaxassislarning aytishicha, bunday plastirlarni qabul qilish umuman og‘riqsiz hisoblanadi. Bundan tashqari, vaksinaning o‘zi “qurutilgan ko‘rinishda” bo‘ladi, shuning uchun uni tashish va saqlashda sovuq joyda saqlash shart emas. Plastirlarni ishlatib bo‘linganidan so‘ng bemalol axlatga tashlash mumkin. Erib ketgan ignalar hech qanday zarar yetkazmaydi.

Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ularning kashfiyotidan uy sharoitida ham foydalanish mumkin. Masalan, kun tartibi juda band yoki oddiy shpritsdan qo‘rqadigan kishilar shifokorga borish uchun vaqt sarflashi shart emas, grippga qarshi emlashni mustaqil ravishda qilish mumkin.

Tadqiqotchilar ularning ixtirosidan foydalanishning qulayligi har yili emlash oladigan odamlar sonini ko‘paytirishiga umid qilmoqda.