O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq 25 yoshli Olimjon To‘ychiyev O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi matbuot xizmati

Olimjon To‘ychiyev endilikda Agentlikdagi Texnologiyalar transferini tashkil qilish va innovatsiya yarmarkalarini o‘tkazish, Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Shu paytgacha Olimjon To‘ychiyev Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti magistratura bosqichida tahsil olib kelayotgan edi.