Britaniyalik mashhur astrofizik olim Stiven Xoking BBC’ga bergan intervyusida AQSh prezidenti Donald Trampning iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqish qarori sayyoramizga jiddiy tahdid solishini bildirib o‘tdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Stiven Xoking. Foto: AP

“Biz global isish ortga qaytmas holatga aylanadigan nuqtaga yaqinmiz. Trampning xatti-harakatlari Yerni shu nuqtaga olib kelib qo‘yishi mumkin, shunda u harorat 250 daraja bo‘ladigan, oltin gugurt kislotasidan iborat yomg‘ir yog‘adigan Veneraga o‘xshab qolishi mumkin”, — dedi Xoking.

“Iqlim o‘zgarishi oldimizda turgan ulkan tahdidlardan biri, ammo biz hozir harakat qilsak, buni bartaraf qilishimiz mumkin”, — xulosa qildi olim.