Tojikistonning Qayroqqum shahridan bo‘lgan Sadoqat Mamatqulova “Koinot tabassumi—2017” internet tanlovida ishtirok etmoqda, deb xabar berdi “News.tj”.

Foto: “News.tj”

Ushbu “Koinot tabassumi” (Smile of Universe) tanlovida faqatgina tabassumning chiroyli ekanligiga qaraladi va g‘olibga 2000 dollar mukofot tapshiriladi.

Foto: “News.tj”

“So‘nggi vaqtlarda dunyoda salbiy energiya — urushlar, falokatlar shu qadar ko‘payib ketdiki barcha tarafdan yopirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi — butun koinotda tinchlikni targ‘ib qilish. Kelinglar ko‘proq tabassum qilaylik”, — deydi Smile of Universe tanlovining direktori hamda prodyuseri Leonid Xromov.

Foto: “News.tj”

Tanlovda yashash joyidan qat’i nazar 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha xotin-qizlar qatnashishi mumkin. Bo‘yi, og‘irligi, oilaviy ahvolining hech qanday ahamiyati yo‘q.

Foto: “News.tj”

MDH davlatlaridan bo‘lgan ishtirokchilarning anketasi iyul oyining oxiriga qadar qabul qilinadi.