Amerikalik olimlar guruhi qahva barcha sabablardan o‘lim xavfini kamaytirishini aniqladi. Tadqiqotning to‘liq matni Annals of Internal Medicine nashrida e’lon qilindi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

16 yil davom etgan tadqiqotlar davomida mutaxassislar 45 dan 75 yoshgacha bo‘lgan 190 ming ko‘ngillini kuzatdi.

Izlanishlar oxiriga borib 60 mingga yaqin kishi olamdan o‘tdi. Ularning 36 foizi yurak-qon tomir kasalliklari, 31 foizi esa saratondan vafot etdi. 

Tadqiqotlar yakuniga ko‘ra, olimlar kuniga bir finjon qahva ichish barcha sabablardan o‘lim xavfini 12, uch finjon qahva iste’moli esa 18 foizga kamaytirishini aniqladi. 

“Qahva ko‘plab aksiloksidantlar va fenol birikmalarni o‘z ichiga oladi. Ular esa saraton profilaktikasida muhim o‘rin tutadi”, — deydi tadqiqot hammuallifi Veronika Setevan.