Xitoylik olimlar orbitadagi sun’iy yo‘ldoshga Yerdan fotonni teleportatsiya qildi, deb yozadi Afisha Daily.

Tajriba sxemasi. Foto: Afisha Daily

QUESS (“Mo-Szi”) kvant aloqa sun’iy yo‘ldoshi missiyasi jamoasi Yerdan orbitaga jami 911 ta fotonni yubora oldi. Zarracha bosib o‘tgan masofa 500 dan 1400 kilometrgacha oraliqda bo‘lgan. Shu tariqa xitoylik olimlar kvant teleportatsiyasi uchun rekord o‘rnatdi. Bungacha masofa bir necha o‘n kilometr bilan cheklangan edi.

Olimlar ta’kidlashicha, ularning ishida teleportatsiyaning aniqlik darajasi 80 foizga yetadi, yo‘qotishlar esa 41 dan 52 detsibellgacha bo‘lishi mumkin (100 mingtadan bitta foton uchib boradi). O‘z tajribasi uchun ular Tibetda to‘rt ming metr balandlikda stansiya qurdi.