Yer sayyorasidagi eng uzoq umr ko‘ruvchi jonzotlar deb Karib dengizi tubida yashovchi qimirlamaydigan chuvalchanglar tan olindi. Ularning ayrimlar 300 dan ortiq yashagan, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: Science of Nature

“Escarpia laminata turining ko‘p individlari 250 yoshga yetadi va boshqa jonzot o‘ta olmagan chegaradan o‘tadi. Ushbu turning eng uzun individlarining yoshini aniqlashdagi xatoliklarni inobatga olsak, ayrimlari bundan ham ko‘proq umr ko‘rishi mumkin”, — dedi Filadelfiyadagi (AQSh) Templ universiteti vakili Alanna Durkin.

Ushbu rekordga biroz yaqinlashuvchi yana bir tur Grenlandiya kitlaridir. Ular 200 yil umr ko‘rishi mumkin.