AQShning Massachusets texnologiya instituti (MIT) olimlari Saudiya Arabistonida asos solingan Abdul Latif Jameel kompaniyasi ko‘magida havodan suv olishga qodir bo‘lgan qurilmani yaratdi, deb yozadi UAE Inside.

Foto: UAE Inside

Texnologiyani ishlab chiqqan olimlar — MIT professori Mirch Dink va uning hamkasbi Evelin Vang so‘zlariga ko‘ra, qurilmani dunyoning eng qurg‘oqchil hududlarida qo‘llash mumkin bo‘ladi.

“Ishlanma Shimoliy Afrika yoki qisman Xitoy kabi mintaqalarda, havo namligi 30 foizdan kam bo‘lgan iqlim sharoitlarida ham yaroqlidir”, — dedi Vang.

Ayni paytda jamoa faqat millilitrlab suv ishlab chiqaradigan qurilmani yaratdi, xolos. Ammo ishlab chiquvchilar kelajakka optimizm bilan qarab, suv ishlab chiqarish uchun yirikroq mexanizm yaratishga umid qilmoqda.