Shifokorlar cho‘kib ketishiga bir baxya qolgan hamda kislorod yetishmovchiligi tufayli miyasining oq va kulrang moddalari jiddiy zararlangan qizni qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. Voqea Medical Gas Research jurnalida bayon etildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: Google Photos

2016-yil fevralida ikki yoshli Eden Karlson hovuzga tushib ketib, suv ostida 15 daqiqa qolib ketdi. Onasi o‘tkazgan yurak reanimatsiyasi ham, shifokorlar yordami ham uning miyasini jiddiy zararlanishlardan saqlab qola olmadi, yurak faqat bir necha soatdan so‘ng ishlay boshladi. Qiz yurish va gapirishni to‘xtatdi.

Turli shakldagi kislorodoterapiya, shu jumladan, kislorod yuqori bosim ostida barokameraga uzatilishidan iborat giperbarik oksigenatsiya metodi yordamida miyani qutqarish imkoniyati tug‘ildi.

O‘z vaqtida boshlangan davolash tufayli shifokorlar yaxshi natijalarga erishdi. Bundan tashqari, qizchaning hali kichkinaligi ham to‘qimalar regeneratsiyasida ijobiy o‘rin tutdi.