Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati so‘nggi vaqtlarda yoshi katta va keksa fuqarolarga nisbatan sodir etilayotgan o‘g‘rilik va firibgarlik jinoyatlari ko‘payganligi munosabati bilan qidiruvga berilgan shaxslar haqidagi xabar fotomateriallarini tahrirladi.

Xabarning birinchi tahririga ilova qilingan suratlarning birida qidiruvga tushgan shaxslardan birining “kiyinishi viloyatliklarga o‘xshashi” qayd etilgan edi. Xabarning yangi tahririga ilova qilingan suratlarda “viloyatlarga o‘xshab kiyinish” haqidagi ta’kid olib tashlangan.

Foto: “GUVD.uz”

Xuddi shu fotomaterialning ruscha talqinida gumonlanuvchi “yaxshi kiyingani” qayd etilgan.

Foto: “GUVD.uz”

Qayd etish joiz, Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan mazkur fotomaterial ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning keskin noroziligiga uchradi.