Germaniyaning Brabus atelyesi o‘zining yangi loyihasini — kompaniyada dunyodagi eng kuchli va tezkor kabrioleti deya ta’riflanayotgan 900 kuchga ega Mercedes-Benz S-Class’ini taqdim etdi. Avtoulov sentabr oyining o‘rtalarida Frankfurtda bo‘lib o‘tadigan motorshouida namoyish etiladi, deb xabar berdi “Motor”.

Foto: “Motor”

Yangilik Mercedes S65 bazasi asosida yaratilgan bo‘lib, hajmi 6,0 litrdan 6,3 litrga qadar ko‘tarilgan o‘n ikki silindrli biturbo motor bilan jihozlangan.

Foto: “Motor”

Avtomobilga modifikatsiya qilingan yetti pog‘onali uzatmalar qutisi va ishqalanishning blokirovkasi 40 foizga qadar ko‘tarilgan Brabus’ning orqa differensiali o‘rnatilgan.

Foto: “Motor”

Agregat quvvati 270 ot kuchiga teng bo‘lib, maksimal aylanishlar momenti 1500 Nm.ni tashkil etadi.

Foto: “Motor”

Noldan yuz kilometr tezlikka 3,9 soniyada chiqadi, bu standart Mercedes-AMG S 65 Cabriolet’dan 0,2 soniyaga tezroq demakdir. Maksimal tezligi esa soatiga 350 kilometrga teng.