Rossiya fanlar akademiyasi Pushkov nomidagi Yer magnetizmi, ionosferasi va radioto‘lqinlar tarqalishi instituti qoshidagi Kosmik havo markazi rahbari Sergey Gaydash “TASS” bilan suhbatda AQSh va Yevropada oxirgi Quyosh chaqnashi oqibatida aloqa yomonlashgani haqida gapirib berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

“Chaqnash Yevropa va Amerikada aloqaning buzilishiga olib kelib bo‘ldi”, — ma’lum qildi ekspert.

Uning so‘zlariga qaraganda, chaqnash oqibatida kosmik texnika va aloqa tizimlari ishdan chiqishi mumkin.

6-sentabr kuni Quyoshdagi ikkita eng yirik dog‘ning tutashuvi oqibatida oxirgi 12 yil ichidagi eng kuchli chaqnash ro‘y bergani xabar qilingan edi.