Quyoshda yangi o‘ta kuchli chaqnash qayd etildi. Bu haqda Rossiya fanlar akademiyasi Fizika instituti ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: NASA

Institut quyosh rentgen astronomiyasi laboratoriyasiga ko‘ra, chaqnashlar turkumi 4-sentabrda boshlandi. Oldiniga 4-5 balli kichik chaqnashlar, 6-sentabrda esa 2,2 balli chaqnash ro‘y berdi. Shu kunning o‘zida favqulodda kuchli X9.3 chaqnashi kuzatildi.

Institut vakillari Yerda 4 balli (5 balli shkala bo‘yicha) magnit bo‘roni yuz berayotganini bildirdi. Uning kuchi taxmin qilinganidan 10 barobar kuchli bo‘ldi.

Bo‘ron sayyora miqyosida sodir bo‘layotgani ta’kidlanmoqda.