Yaqin 100 yil mobaynida butun dunyo bo‘ylab energiya tizimlari ishdan chiqishi, sun’iy yo‘ldoshlar shikastlanishi va internet uzilishiga olib keladigan kuchli quyosh chaqnashi ro‘y beradi. Texnogen avariyalar insonlar o‘rtasida qurbonlarga ham olib kelishi mumkin, deya xabar beradi New Scientist. 

Foto: NASA

Olimlar sodir bo‘lgan quyosh chaqnashlari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qildi. Ular, jumladan, Quyosh yorqinligini 30 foizga oshiradigan va Yer ozon qatlamini “uchirib yuborish”ga qodir superchaqnashlar yuzaga kelishi ehtimolini baholadi va shunday xulosaga keldi. 

Shunday chaqnash XXI asr oxirida yuz berish ehtimoli yuqori. Buning oqibatida orbital sun’iy yo‘ldoshlar ishdan chiqadi, samolyotlar yo‘lovchilari yuqori dozada radiatsiya oladi, energotizimlar va yadro elektr stansiyalari maromi buziladi.