Buyuk Britaniyaning Portsmunt universiteti olimlari itlarning odamlar bilan aloqa o‘rnatishda mimikadan foydalanishi haqidagi hisobotni e’lon qildi, deb yozmoqda Meduza. Avvallari ularning mimikasi odam bilan ijtimoiy aloqa o‘rnatishga qaratilgan ongli harakat emas, balki ixtiyorsiz emotsional hodisa sifatida qaralgan.

Foto: Meduza

Tadqiqotda turli nasl va turli yoshdagi 24 ta it ishtirok etgan. Tajribada ishtirok etayotgan itlar odam bor xonaga qo‘yib yuborilgan. Tajriba bir nechta ssenariy asosida o‘tkazilgan: odam itga qarab turgan yoki unga orqa qilib turgan; xonada itlar uchun yegulik bo‘lgan; ssenariylarning birida yegulik bo‘lmagan.

Olimlar itlarni butun tajriba davomida suratga olgan. Odam itga qarab turgan vaqtda hayvonning mimik harakatlari faolroq bo‘lgan. Odam itga orqa qlilib turgan tajribada esa bu faollik nisbatan pastroq bo‘lgan. Olimlarning qayd etishicha, itlar mimikadan manipulyatsiya uchun emas, balki aloqa o‘rnatish uchun foydalangan — yegulik itlarning o‘zini tutishiga kuchsiz ta’sir ko‘rsatgan.

Foto: Meduza

Tadqiqotning ko‘rsatishicha, itlarda mimik harakatlarning ma’lum to‘plami bor. Masalan, ko‘plab itlar odamning rahmini keltirish uchun qoshlarini ko‘taradi. Bunday harakatda hayvonning ko‘z mushaklari yirikroq ko‘ringan va nigohi qayg‘uli bo‘lgan.