Alibaba asoschisi va milliarder Jek Ma faqat odamlarga xos bo‘lgan ba’zi fazilatlar tufayli texnologiya undan hech qachon o‘zib keta olmasligiga qat’iy ishonadi. Muvaffaqiyatning siri aynan mana shu fazilatlar ichida yotadi.

Foto: “Layfxaker”

Jiddiy qiyinchiliklarga qaramasdan, Jek Ma muvaffaqiyatga erishishga muvaffaq bo‘ldi. U kambag‘al oilada ulg‘aydi, ikki marta kollejga kirish imtihonlaridan o‘ta olmadi va ko‘plab ish beruvchilardan e’tirozli javoblar oldi. Lekin hozir uning boyligi taxminan 29 milliard dollarni tashkil qiladi.

Muvaffaqiyat siri — o‘z LQ darajasini o‘stirishda

Jek Ma Nyu-Yorkdagi Bloomberg Global Business Forum’da so‘zlagan nutqida o‘zining muvaffaqiyat sirlari bilan o‘rtoqlashdi. IQ (aql koeffitsiyenti) va EQ (hissiyotni idrok qilish) qanchalik muhim bo‘lmasin, maqsadga erishishda yana bir koeffitsiyent — LQ ham juda katta rol o‘ynaydi. “Agar sizni hurmat qilishlarini xohlasangiz, o‘z LQ darajangizni oshiring”, — deydi Jek Ma.

“LQ — bu mashinalarda hech qachon bo‘lmaydigan sevgi koeffitsiyenti”, — deb tushuntirdi Ma. Yuqori texnologiyalar dunyosida kompyuter har doim hatto IQ’si yuqori bo‘lgan odamdan ham tezroq va aniqroq bo‘ladi. Muvaffaqiyatga erishish uchun boshqalarning hissiyotlarini tushunishning o‘zigina yetarli bo‘lmaydi.

Sevgi — bu odamlarni mashinalardan farq qilib turadi. Mashinalarning yuragi, joni va o‘z qarashlari yo‘q. Odamning qalbi, shaxsiy fikri va qadriyatlari bor. Biz birgalikda qayg‘urish, kerakli so‘zlarni tanlab aytish va vaziyatga qarab javob qaytarishni bilamiz. Biz ijodiy fikrlaymiz, shuning uchun mashinalarni nazorat qila olamiz.

Manba: “Layfxaker”