Amerikalik shifokorlar saraton kasalligining rivojlanishi uchun xavfli bo‘lgan kasalliklarni aniqladi, deb yozadi 7MedNews.

Mazkur tadqiqot mamlakatdagi yetakchi klinik markazlardan birining tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Tibbiyot xodimlarining ta’kidlashicha, ayrim kasblar, xususan jismoniy mehnat bilan bog‘liq faoliyat turlari saraton kasalligining rivojlanishiga olib keladi.

Tajribada 45 yoshdan katta bo‘lgan besh mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Ular turli kasb vakillari edi.

Shifokorlar barcha zarur ko‘rsatkichlarni o‘lchab, ularning salomatligini tekshirdi. Shuningdek, ishtirokchilarning odatlari va taomnomasining o‘ziga xos jihatlari ham o‘rganildi.

Natijada olimlar juda ko‘p jismoniy mehnat talab etiladigan yoki  umuman jismoniy mehnat qilinmaydigan faoliyat turlarini eng xavfli kasblar sifatida e’tirof etdi.

Shu tarzda yuk tashuvchilar, fermerlar, haydovchi va sotuvchilar eng xavfli kasb sohiblari ekanligi ma’lum bo‘ldi. Haydovchi va sotuvchilar kun bo‘yi bir xil holatda ishlaydi, bu esa ularning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.