Ayollar o‘rtasidagi depressiya bevaqt o‘limga olib kelishi mumkin. Ottava universiteti olimlari shunday xulosa keldi, deya ma’lum qiladi 7MedNews.

Foto: 7MedNews

Bevaqt o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida ekspertlar 60 yil davomida 3 ming kishini o‘rgandi. Ko‘ngillilarning ruhiy salomatligi va hayoti davomiyligini baholadi. 

O‘rganishlar natijasida depressiyaga duch kelgan ayollar boshqalarga qaraganda ko‘proq bevaqt qazo qilishi ma’lum bo‘ldi. Ularning umri bunday muammolarga to‘qnash kelmaganlarga nisbatan sezilarli darajada qisqa bo‘lgan. 

Olimlar ayollardagi depressiya odatda yomon ovqatlanish, jismoniy harakatning kamligi, zararli odatlar (chekish, spirtli ichimliklar iste’moli) bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlamoqda.