Siz hali ham qorag‘at (chernika)ni ko‘p yeyish natijasida uzoqni yaxshi ko‘rolmaslik “tuzalib ketadi” deb hisoblaysizmi? Bugun biz siz bilan birga shu va shunga o‘xshash noto‘g‘ri fikrlar haqida gaplashmoqchimiz.

Foto: Shutterstock

1-uydirma. Ko‘zoynak ko‘rish qobiliyatini yomonlashtiradi. Yaxshisi, ko‘zoynak taqmaslik kerak, chunki u tufayli uzoqni yaxshi ko‘rolmaslik kuchayib ketadi

─ Agar uzoqni yaxshi ko‘rolmaydigan odam ko‘zoynak taqmasa, uning ko‘zlari har doim zo‘riqish holatida bo‘ladi. Doimiy ravishda ko‘z mushaklariga tushadigan bunday og‘irlik ko‘z charchoqlari, bosh va qosh usti suyaklari og‘riqlarini keltirib chiqarishi, keyinchalik esa ko‘rish qobiliyatining yanada yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Tegishli muolajalar haqida professional tavsiyalar beradigan yaxshi mutaxassisga o‘z vaqtida murojaat qilish juda muhim. Sifatli linzali ko‘zoynaklar esa ko‘zlarga tushadigan zo‘riqishni bartaraf qilishga va ko‘rish qobiliyatining salomatligini saqlashga yordam beradi.

2-uydirma. Chernika ko‘rish qobiliyatini himoya qiladi. Agar chernika yesangiz, hech qachon ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq muammo bo‘lmaydi

─ Chernika haqiqatan ham ko‘zlar uchun foydali. Uning tarkibidagi vitaminlar va antotsianlar tufayli, bu rezavor mevani muntazam ravishda iste’mol qilish ko‘zning to‘r parda tomirlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Lekin chernika sizni uzoqdan yaxshi ko‘rolmaslikdan himoya qilishiga, kasallikni davolashiga yoki ko‘rish qobiliyatini tiklashiga umid qilish kerak emas.

3-uydirma. Kompyuterda ishlash ko‘zlar uchun juda zararli va hech qanday himoya yoki mashqlar yordam bermaydi

─ Elektron siyohli kitoblardan boshqa, raqamli ekranlar zo‘r berib spektrning ko‘zga ko‘rinadigan qisqa to‘lqinli qismiga tegishli bo‘lgan ko‘k-binafsha yorug‘lik nurlarini tarqatadi.

Ko‘k-binafsha yorug‘likning  uzoq muddatli ta’siri ko‘pchilikka tanish bo‘lgan ko‘z charchoqlari: noaniq ko‘rish, ko‘zlarda quruqlik va sanchiqlar sezish, qovoqlarda og‘irlikni va qosh usti suyaklarida og‘riqlarni his qilish alomatlarini keltirib chiqaradi.

Lekin, agar bu sizning ekran yonida o‘tirib ishlashingiz bilan bog‘liq bo‘lsa, kompyuterdan butunlay voz kechish va ishdan bo‘shashingiz kerakligini bildirmaydi.

Gadjetlar bilan ishlash vaqtida ko‘zlarni himoya qilish uchun ko‘k-binafsha yorug‘likni o‘tkazmaydigan linzali ko‘zoynak taqish tavsiya qilinadi. Kun davomida vaqti-vaqti bilan elektron moslamadan tashqari boshqa ishlar bilan shug‘ullanish va ko‘zlarni dam oldirishga yordam beruvchi oddiy mashqlarni bajarish kerak: ko‘zlarni soat strelkasi bo‘yicha aylantirish, navbat bilan chapga, o‘ngga, yuqoriga va pastga qarash.

Manba: “Zdorovie.com”