Saudiya Arabistonida korrupsiyada gumon qilinib qo‘lga olingan va ar-Riyoddagi Ritz Carlton besh yulduzli mehmonxonasida ushlab turilgan barcha yuqori mansab egalari va biznesmenlar qo‘yib yuborildi. Bu haqda 30-yanvar, seshanba kuni Reuters agentligi ma’lum qildi.

Foto: AP

Yaqin vaqt ichida mehmonxona normal rejimda ishlay boshlashi ta’kidlanmoqda.

Saudi Bunladin Group kompaniyasi rahbari Bakr bin Laden va uning qarindoshlari ozodlikka oxirgilardan bo‘lib chiqarilganligi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 5-noyabrida 11 nafar shahzoda, to‘rt nafar amaldagi va o‘nlab sobiq vazir qo‘lga olingan edi. 22-yanvar kuni ular 100 milliard dollar to‘lagan taqdirda hukumat ularni ozod qilish va hibsga olingan shahzodalardan barcha ayblovlarni olib tashlashga tayyor ekanligini bildirgan edi.