8-fevral kuni Toshkent shahriga sinov tariqasida Belarus respublikasida ishlab chiqarilgan tabiiy gazda harakatlanuvchi o‘rta va katta sig‘imli 2 ta MAZ Lotos rusumidagi avtobuslari keltirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: UzDaily

“MAZ avtobuslarining pol qismi past bo‘lib, nogironlar aravachasida chiquvchilar uchun maxsus moslama mavjud, bu esa yo‘lovchilarga juda katta qulaylik yaratib beradi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, avtobuslar “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtokorxonalarda sinovdan o‘tkazilmoqda.