Mashhur ruhshunos Andre Kukla o‘zining butun hayotini biron-bir ishni bajarishda odamlarga xalal beruvchi har xil hayotiy tuzoqlarni aniqlash va ta’riflashga bag‘ishladi.

Foto: Shutterstock

Agar siz ularni oldindan aniqlash va izmiga solishga yo‘l qo‘ymaslikka o‘rgansangiz, unda qilayotgan har qanday ishning unumdorligi ikki marta oshadi.

Sustkashlik

Aniq bir kunga belgilangan ishni orqaga surish odatidan iloji boricha tezroq qutulish zarur.

Ishlarimizni keyinga qoldirish bilan biz o‘zimizni aldaymiz xolos, va keyin rejalashtirgan ishni boshlash undan ham qiyinroq bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘pincha aynan birinchi qadamni qo‘yish eng qiyin hisoblanar ekan. Lekin birinchi qadamni qo‘ysangiz, ikkinchisi unchalik qiyin bo‘lmaydi.

Haddan tashqari urinish

Biron-bir ishni bajarishga qancha ko‘proq harakat qilsak, natijasi shuncha yaxshiroq bo‘ladigandek tuyuladi. Lekin talab qilinmagan ishga haddan tashqari urinish – bu eng keng tarqalgan tuzoq bo‘lib, biz unga tushish bilan o‘z mahsuldorligimizni pasaytiramiz.

O‘tmishga qaytish

Rejalarimiz har doim ham o‘zimiz o‘ylaganimizdek amalga oshavermaydi. Muvaffaqiyatsizliklar yuz berishi mumkin, va bundan qochib qutulib bo‘lmaydi. Va bu bosqichda ba’zi odamlar reversiya tuzog‘iga tushib qoladi – ular xayolan endi o‘zgartirib bo‘lmaydigan o‘tmishga qaytadi va “agar bunday bo‘lganda edi, agar unday…” deb o‘ylay boshlaydi.

Tabiiyki, bunday holatda kundalik vazifalarni bajarishga to‘liq kirishishning iloji yo‘q. Hafsala pir bo‘lishini to‘g‘ri qabul qilishni o‘rganish va uning keyingi faoliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

To‘xtab qolish

Ba’zi ishlarni bajarishda biz ularning keyingi kechishi o‘zimizga emas, balki biron-bir oraliq bosqich bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarga duch kelib qolishimiz mumkin.

Bekilib qolish tuzog‘i – bu shunday holatki, unda bajarayotgan ishlarimiz qandaydir sabablarga ko‘ra to‘xtatilgan bo‘ladi va biz bu ishlarni oxirigacha yetkazmagunimizcha keyingi ishni boshlay olmaymiz. Biz muallaq holatga tushib qolamiz va qimmatli vaqtimizning bir qismini yo‘qotamiz.

Agar biz bu ishning bajarilish jarayonining ma’lum bir bosqichiga ta’sir ko‘rsata olmasak, u holda qiynalib kutib o‘tirmasdan yaxshisi boshqa zarur ishlar bilan shug‘ullangan ma’qul.

Manba: “Layfxaker”