Timatining Black Star leybli ishtirokchisi MC Doni (Dostonbek Islomov) Buxoroda suratga olingan “Jin” klipini 21-mart kuni taqdim etdi.

Foto: Instagram / @DoniBlackstar

“Olovuddinning sehrli shamchirog‘i” ertagi motivlari asosida olingan klipda Buxoro obidalari, sharqona muhit, shaharning bugungi manzarasi, hatto yaqinda paydo bo‘lgan uchar darvesh ham ko‘rsatib berilgan.

Klipni hozirning o‘zida salkam yarim million kishi ko‘rishga ulgurdi.