Sutdan qanday qilib kundalik turmushda boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin? Maqolamizni o‘qisangiz buni bilib olasiz!

Foto: Depositphotos

  1. Laklangan poyabzalga jilo berish

Laklangan poyabzalni oddiy sut yordamida yaltiratish mumkin. Lattani sutga botiring va oyoq kiyimini arting.

  1. Siyoh dog‘ini tozalash

Siyoh dog‘i ketishi juda qiyin bo‘lgan dog‘lardan biri hisoblanadi. Lekin hatto eski va singib ketgan siyoh dog‘larini ham sut yordamida oson ketkazish mumkin. Kiyimning dog‘ tekkan joyini iliq sutga solib ivitib qo‘ying, bir necha soat o‘tgach avval sovuq, keyin esa iliq suvda chaying.

  1. Oynani tozalash

Oyna yuzasini sut yordamida tozalash mumkin. Lattani sutga botiring va uni arting.

  1. Kumush buyumlardagi dog‘larni tozalash

Agar kumush buyumlaringiz xira tortib qolgan bo‘lsa, ularni achigan sutga solib qo‘ying. Biroz vaqt o‘tgandan keyin suvda chayqang va quriting.

  1. Terini parvarish qilish

Bir litr sutga bir osh qoshiq asal soling va yaxshilab aralashtiring. Aralashmani suvli vannaga quying. 15 daqiqa davomida vanna qabul qiling. Bunday vannadan keyin teringiz mayin va chiroyli bo‘ladi.

  1. Kuyishda birinchi yordam

Kuygan joydagi og‘riqni sovuq sutli kompress yordamida qoldirish mumkin. Toza lattani sutga botiring va kuygan sohaga qo‘yib qo‘ying. Lattani og‘riq to‘xtamaguncha almashtirib turing.

  1. Quruq qo‘ziqorinlarni yangi uzilgandek qilish

Quruq qo‘ziqorinlarni iliq sutga solib iviting. Yangi uzilgandek bo‘ladi.

  1. Daryo balig‘idagi balchiq hidini yo‘qotish

Tayyorlashdan oldin daryo balig‘ini sutda iviting. Shunda nafaqat uning hidi yo‘qoladi, balki yanada mazaliroq va yumshoqroq bo‘ladi.

  1. Xantal ziravorini tayyorlash

Xantal ziravorini uyda tayyorlash usullari juda ko‘p, uning asosiy qoidasi – suvning o‘rniga sutdan foydalaning. Bunday xantal mazaliroq bo‘ladi va darrov qurib qolmaydi.

Manba: “Xitrosti jizni”