O‘tkazilgan ko‘pchilik tadqiqotlar sklerozning yoshga bog‘liq emasligini ko‘rsatadi. Xo‘sh, u holda xotirani yaxshilash uchun nima qilish kerak?

Foto: Flickr

Boshqotirmalar yeching!

Matematik va mantiqiy masalalar yeching, krossvordlar toping, she’r va qo‘shiqlarni yoddan o‘qing. Kun bo‘yi aqlingizni mashq qildiring!

To‘g‘ri ovqatlaning!

Miyaga madad berish uchun bir kunda kam-kamdan 5 mahal ovqatlanish kerak. Bunday tarzda ovqatlanish glyukoza miqdorining pasayib ketmasligini ta’minlaydi, chunki glyukoza miya uchun asosiy quvvat manbai hisoblanadi.

Eng yaxshisi Omega-3 yog‘ kislotasi, uglevodlar va antioksidantlarga boy oziq-ovqatlarni tanlang.

Sport bilan shug‘ullaning!

Mashqlar bajarish va sayr qilish miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zingizga yoqadigan va organizmingiz uchun mos keladigan mashg‘ulot turini tanlang.

Tinchlanishni o‘rganing!

O‘z kayfiyatini nazorat qila olishni, stress va asablar tarangligini ketkazishni o‘rganish kerak. Agar asablaringiz doimiy ravishda tarang holatda bo‘lsa, unda xotirangiz zaiflashadi.

Amerikalik olimlarning ta’kidlashicha, agar siz yuqoridagi maslahatlarga amal qilsangiz, 14 kundan keyin maxsus kompyuter tomografiyasi yordamida miya faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar yuz berganini sezish mumkin. Biroz vaqt o‘tgandan keyin esa bu o‘zgarishlarni o‘zingiz ham seza boshlaysiz.

Manba: “Layfxaker”