Ish kunining ikkinchi yarmida ko‘pchiligimizni uyqu bosadi va ishimiz qabul qilish imkonsiz bo‘lgan ma’lumotlarning to‘xtovsiz oqimiga aylanadi. Ko‘p miqdorda qahva ichish hammaga ham to‘g‘ri kelavermaydi va uning samarasi esa darrov bilinmaydi.

Foto: Getty

Biz sizga ish jarayonidan ajralmagan holda kofeinsiz tetiklashishning 6 yo‘li haqida aytmoqchimiz.

  1. Mudroqni yo‘qotamiz

Buning uchun siz o‘zingizga qulay bo‘lgan stulga o‘tirishingiz va bir qo‘lingizda esa yerga tashlash mumkin bo‘lgan biron-bir buyumni tutib turishingiz kerak bo‘ladi. Agar beixtiyor ko‘zingiz ilinsa, bu buyum yerga tushib sizni uyg‘ota oladigan darajada shovqin hosil qilishi kerak.

  1. Mikro-loyihalar

Ba’zida bir necha daqiqa vaqtingizni asosiy ishingizga bog‘liq bo‘lmagan biron-bir qiziqarli mayda loyihalarga ajrating. Bu miyangizning harakatga kelishiga va yana odatdagi ishingizga kirishib ketishga imkon beradi.

  1. Cho‘zilish

Bir necha daqiqa o‘rningizdan turing va bir-ikkita mashq bajaring. Bu taranglikni va lanjlikni yo‘qotishga yordam beradi.

  1. Kompyuter o‘yinlari

Kompyuter o‘yinlari — mudroqni yo‘qotishning va miyani harakatga keltirishning eng yaxshi yo‘li.

  1. Suyuqlik

Miyaning yaxshi ishlashi uchun suv kerak bo‘ladi. Organizmning to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishi uchun bir kunda 2 litrgacha suv ichish kerakligi ko‘pchilikka ma’lum.

Kunduz soat 4 da qahvaning o‘rniga bir piyola suv ichish organizmga ko‘proq quvvat beradi.

  1. Telefon

Bir-ikki daqiqa davomida dam olish kunlari uchun rejalarni yoki biron-bir qiziqarli voqeani muhokama qilish maqsadida do‘stlaringizga qo‘ng‘iroq qiling. Bu sizni biroz bo‘lsa ham chalg‘itadi va kayfiyatingizni ko‘taradi, natijada ancha tetiklashasiz.

Manba: “Layfxaker”