Tuz kundalik hayotimizda nafaqat ovqatga qo‘shish uchun, balki butunlay boshqa holatlarda ham bizga qo‘l kelishi mumkin.

Foto: Flickr

  1. Tuz, po‘choq va “kimyo”

Tuxumni qaynatishda suvga tuz solish – buvilarimizdan qolgan usul bo‘lib, uning to‘g‘riligini hozirgi zamon fani ham tasdiqlaydi. Tuzli eritma (1 litr suvga 1 osh qoshiq tuz) tuxum po‘chog‘ini yorilishdan saqlaydi, yorilgan tuxumning esa oqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.

  1. Sevimli ichimlikning yangi ta’mi

Ko‘pchilik qahvani shakar bilan ichadi, shinavandalar esa – tuz bilan. Tuz qahvaga o‘zgacha ta’m beradi. Ichimlikka tuz qo‘shish suvni yumshatadi, taxirlikni yo‘qotadi, qahva donlarining haqiqiy mazasini va xushbo‘y hidini ochishga yordam beradi.

  1. Shishalarga jilo berishning tejamli yo‘li

Iliq suvga solingan tuz shishaga yaltiroqlik bag‘ishlaydi. Idishlarni tuzli suv bilan yuving, sovuq suv bilan chayqang.

  1. Yangi cho‘yan tovani ishlatishga tayyorlash

Ishlab chiqaruvchilar yangi cho‘yan tovani ishlatishdan oldin qizdirishni tavsiya qiladi. Cho‘yan tovani qizdirishning eng oddiy va xavfsiz yo‘li – osh tuzi yordamida. Tovani idish yuvish vositasi bilan yuving va arting. Ichiga bir santimetr qalinlikda tuz seping va 15—20 daqiqa davomida qizdiring. Keyin esa tuzni to‘kib tashlang va tovani quruq latta bilan arting.

  1. Nozik kiyimlardagi ter dog‘lari

Kiyimdagi ter dog‘larini doimiy ravishda tozalashga to‘g‘ri keladi. Buni qanday amalga oshirishni hamma ham bilmaydi, ayniqsa dog‘lar nozik kiyimlarda bo‘lsa, bu muammo sizni shoshirib qo‘yishi mumkin. Tuzli eritma bilan tozalashga urinib ko‘ring. Bir stakan suvga – 1 osh qoshiq tuz. Eritmani dog‘ ustiga suring va yarim soat shunday qo‘ying. Keyin chayqang va quritishga qo‘ying.

Manba: “Xitrosti jizni”