TamTam messenjeri O‘zbekistonda App Store va Google Play reytinglarida peshqadam bo‘lib oldi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Foto: Spot

Jumladan, 19-aprel kuni dastur App Store va Google Play yordamida yuklab olishda birinchi o‘ringa ko‘tarildi va “Yandeks.Taksi”, Telegram, Imo, Instagram va WhatsApp’ni ortda qoldirdi.

Uch kun mobaynida TamTam O‘zbekiston reytinglarida 60-80 pog‘ona yuqoriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Google orqali “Tamtam” so‘zini faol qidirayotgan mamlakatlar reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

TamTam nafaqat O‘zbekiston va Rossiya, balki Eronda ham ommalashib borayotgani kuzatilmoqda.