Rossiyaning Leningrad viloyatida maktab o‘quvchilari Telegram messenjeriga haykal o‘rnatdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “Nevskiye novosti”

Aytilishicha, Slansevskiy tumanidan bir necha bola mahalliy deputat Vladimir Petrovga murojaat etib, kompyuter sotib olish uchun pul so‘ragan. Ammo deputatdan olingan pul evaziga ular yodgorlik o‘rnatgan.

Deputatning aytishicha, ularni bu uchun urushish yoki jazolash kerak emas.

“Albatta, bolalar meni aldagan yomon. Umid qilamanki, ota-onalari ularga yolg‘on gapirish yomonligini tushuntirib qo‘yadi. Boshqa tomondan, o‘z qo‘llari bilan biror ish qilganlari tahsinga sazovor. Performansning ideologik mundarijasiga kelsak, umuman olganda bolalarni tushunaman — buning uchun ularni urushish kerak emas”, — deb izoh berdi deputat.