Eron sud organlari Telegram messenjerini bloklash haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Aytilishicha, messenjer ustidan fuqarolar bir necha marotaba shikoyat qilgan, messenjer vakillari esa Eron qonunchiligiga rioya etmagan.

Hukmda aytilishicha, mazkur holat Telegram’ni xalqaro terrorchilar uchun “ishonchli boshpana”ga aylantiradi.