Google kompaniyasi Chrome brauzerining 67-versiyasini ishga tushirdi. Ushbu versiya aksariyat saytlarga parollarsiz ro‘yxatdan o‘tish imkonini beradi, deb xabar beradi TJournal.

Foto: “TASS”

Kompaniya bu jihatdan veb-autentifikatsiyaning yangi standartini joriy etgan Mozilla’dan keyin ikkinchi bo‘ldi.

Bundan tashqari, Chrome 67’da oynalar o‘rtasidagi izolyatsiyani ham yaxshilashgan: endi saytlar boshqa oynalardan ma’lumot olishi qiyin bo‘ladi. Bu yangilik zamonaviy protsessorlar moyilligi bilan bog‘liq Spectre hujumi ekspluatatsiyasini bartaraf etish uchun kiritildi.

Veb-autentifikatsiyaning yangi standarti 2018-yilning mart oyida FIDO uzatmasi va W3C konsorsiumi bilan ishga tushirilgan edi. U barcha onlayn-servislarga eslab qolish mushkul bo‘lgan kamyob ma‘lumotlar yordamida ro‘yxatdan o‘tish imkoni beradi. Bunday ma’lumotlar sirasiga barmoq izi va USB-kalitlar kiradi.