Reddit platformasi AQSh aholisi o‘rtasidagi ommaboplik reytingida Facebook’ni ortda qoldirdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Foto: Reddit

Reyting saytlarning har oylik trafigi bo‘yicha shakllantiriladi. Bunda sahifalar ko‘rilishi va kun davomida tashrifchilar soni inobatga olingan.

Shu tarzda reytingda Reddit Facebook’dan o‘zib ketib, uni to‘rtinchi o‘ringa joylashtirib qo‘ydi.

Beshinchi o‘rinni Amazon zabt etdi. Foydalanuvchilar bir kunda o‘rtacha 15 minut Reddit’dan foydalanadi. Facebook’ka esa 11 minut vaqt ajratadi, Amazon’da bu ko‘rsatkich 7,5 daqiqani tashkil etadi.

Reytingning birinchi va ikkinchi o‘rnini Google va YouTube egalladi. Internet foydalanuvchilar bu saytlarga o‘rtacha 7—8 daqiqa vaqt sarflaydi.

Jahon reytingida Reddit oltinchi, Facebook esa uchinchi o‘rinni egallagan.